Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT «dahshatli holat»dan ogohlantirdi

BMT «dahshatli holat»dan ogohlantirdi

Urush boshlanganidan buyon 14 mln ukrainalik boshpanasini tark etdi.

Foto: Getty Images

Dunyo bo‘yicha o‘z boshpanasini tashlab ketishga majbur bo‘layotgan insonlar soni yil sayin oshib bormoqda. BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissarligi ma’ruzasiga ko‘ra, Ukraina urushi ortidan jahon bo‘yicha qochqinlar soni 100 million kishidan oshib ketdi.

Xalqaro tuzilma buni dahshatli holat deb baholar ekan, bashariyatni ziddiyat va ixtiloflarni hal etishga da’vat etdi.

«So‘nggi o‘n yil ichida bu raqam muttasil oshib boryapti. Yo xalqaro hamjamiyat ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirini ko‘rib, yechim topadi, yo dahshatli tendendiya davom etadi», – deydi BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari Filippo Grandi.

BMT xulosasiga ko‘ra, 2021 yilda urush, zo‘ravonlik va inson huquqlari buzilishi kabi omillar sabab 89,3 million kishi vatanini tark etgan edi. Bu 2020 yilga nisbatan 8 foiz yuqori ko‘rsatkichdir. 

Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan 24 fevraldan buyon 14 mln ukrainalik o‘z uy-joyini tark etib, tinchroq maskanlarga ketishga majbur bo‘ldi. Xalqaro tashkilot qochqinlar muammosi ochlik va qashshoqlik kabi muammolarni ham keltirish chiqarishidan ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyidayoq qurolli nizo oqibatida 5 milliondan ziyod ukrainalik uyini tark etgan edi. Xalqaro hamjamiyat bu holatni Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng jiddiy migratsiya inqirozi deb atamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring