Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT bosh kotibining nutqi Isroilni hayratga soldi

BMT bosh kotibining nutqi Isroilni hayratga soldi

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Yaqin Sharqdagi mojaro uzoq yillik qarama-qarshilik mevasi ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, HAMASning harakatlari shunchaki vujudga kelmagan. 

Falastin xalqi 56 yildan beri bosqin ostida yashab keldi, degan u. 

Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koyen BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni Falastin-Isroil mojarosining keskinlashuvi haqidagi fikrlari uchun qoraladi, deya xabar bermoqda AL Jazeera. 

— Janob Bosh kotib, siz qaysi dunyoda yashayapsiz? – deya xitob qilgan Koyen BMT Xavfsizlik Kengashining XAMAS va Isroil o‘rtasidagi mojaroga bag‘ishlangan yig‘ilishida.

O‘z navbatida, Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan Guterrishning nutqi «hayratga soluvchi» ekanini ta’kidladi. 

Avvalroq, mojaroga toliblar aralashishi mumkinligi haqida fikr bildirilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring