BMT bosh kotibi Lvovga keldi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Ukrainaning Lvov shahriga keldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Guterrish ertaga, 18-avgust kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashadi. Shundan so‘ng Odessaga, portlardan biri bilan tanishish uchun yo‘l oladi.
22-iyul kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina Turkiya va BMT bilan Qora dengiz portlarini ochish borasida bitimga kelishgandi. Uning shartlariga ko‘ra, kemalarda yuk tashilayotgan paytda Rossiya portlarga hujum qilmaydi, Ukraina esa bu kemalarni o‘z harbiy kemalari yordamida minalashtirilgan suvlardan olib o‘tadi.
Rossiya qamal qilishi oqibatida global oziq-ovqat inqirozi yuzgaga kelgan ukrain portlaridan Ukraina 20 mln tonna don olib chiqishi kutilmoqda. O‘z navbatida, Rossiya global oziq-ovqat inqirozi sababchilari sifatida G‘arb mamlakatlari va ular qo‘llagan sanksiyalarni ko‘rsatgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter