Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birovning jinoyati uchun 28 yil «o‘tirgan» odam millionerga aylandi

Birovning jinoyati uchun 28 yil «o‘tirgan» odam millionerga aylandi

Qo‘shma Shtatlarning Pensilvaniya shtatida nohaq sudlangan erkak katta pul kompensatsiyasiga erishdi va millionerga aylandi. Bu haqda WPVI-TV xabar bermoqda.

1988 yilning iyul oyida noma’lum bosqinchi Filadelfiyada to‘rt yoshli Barbara Jin Xornni o‘ldiradi. Tergovchilar asosiy gumondor sifatida Uolter Ogrodni qo‘lga olishdi. U sudgacha aybiga iqror bo‘lgan, biroq keyinroq politsiya bosimi ostida ko‘rsatma berganini aytgan. Unga chiqarilgan birinchi sud hukmi qonunbuzarliklar tufayli bekor qilinadi, ammo 1996 yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tgan ikkinchi sud jarayonida u o‘lim jazosiga hukm qilinadi.

Keyinchalik WPVI-TVning jurnalistik surishtiruvi jinoyat joyida topilgan DNK namunalari hech qanaqasiga Ogrod bilan bog‘lanmaganligini va boshqa shaxsga ishora qilganini ko‘rsatdi. 2020 yilda amerikalik butunlay oqlandi va ozod qilindi. Birovning jinoyati uchun 28 yil qamoqda o‘tirgan erkak Filadelfiya rasmiylaridan 9,1 million dollar miqdorida tovon puli olish huquqiga ega bo‘ldi.

Qizning onasi Ogrodning aybsizligiga doim ishonganini aytadi. «Men uning adolatsiz hukm qilinganiga aminman. Umid qilamizki, Barbara Jinni bizdan mahrum qilgan shaxsk vahshiyligi uchun jazosini oladi», — dedi ayol.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring