«Bir tiyin ham to‘lamaymiz»: Meksika prezidenti Trampga murojaat qildi

Meksika AQSh bilan chegarada quriladigan devorga mablag‘ ajratmasligini ma’lum qilgan. Bu haqda mamlakat prezidenti Enrike Penya Neto o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida yozgan.
«Meksika chegaradagi devor uchun pul bermaydi, hozir ham boshqa vaqt ham» deb yozgan Meksika prezidenti butun meksikaliklar nomidan AQSh prezidenti Donald Trampga murojaat qilib.
Meksika rahbarining mazkur bayonoti Trampning Meksika tomoni ham devor uchun pul berishi kerakligi haqidagi gapiga javob bo‘lgan.
AQSh kongressi mazkur devor qurilishiga 1,6 milliard dollar ajratishni ma’lum qilgandi. Oq uy esa devor uchun 25 milliard dollar so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter