Bir qator Yevropa davlatlari Guaidoni Venesuela prezidenti deb tan oldi
Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya Xuan Guaidoni Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti sifatida tan oldi.
Masalan, Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant Tvitterdagi sahifasida mazkur qarorni e’lon qilgan bo‘lsa, keyinroq Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron ham Xuan Guaidoni davlat rahbari sifatida tan olganini ma’lum qilgan. Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches ham xuddi shu mazmunda bayonot bergan.
Dunyo mamlakatlari muxolifatchi Guaido yoki prezident Maduro masalasida turli pozitsiyalarda qolmoqda.
Amaldagi prezident Nikolas Maduroga qarshi boshlangan namoyishlardan so‘ng, muxolifatchi Guaido o‘zini prezident sifatida e’lon qilgan va Venesuelada qo‘shhokimiyatchilik vujudga kelgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter