Bir necha hafta oldin ozodlikka chiqqan 92 yoshli «natsist buvi» yana qamaldi
Berlin sudi 92 yoshli Ursula Xaverbekni yana qamoq jazosiga hukm qildi. Bir necha hafta avval u Xolokostni inkor qilgani uchun ayblanib, ikki yarim yil qamoq jazosini o‘tab ozodlikka chiqqandi, deya xabar berdi «RIA Novosti» Ntv telekanaliga tayanib.
Ommaviy axborot vositalarida «natsist buvi» deya tanilgan nemis ayoli Xolokostni rad etishning birato‘la bir nechta epizodlarida ayblangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Aushvits konslageridagi gaz kameralari haqidagi ma’lumotlarda «zig‘ircha haqiqat yo‘q».
Berlinning Tirgarten tuman sudi ayolni 2018-yil mart oyida internetda e’lon qilingan Xolokost to‘g‘risidagi intervyusi uchun yana bir yilga ozodlikdan mahrum qildi.
«Spiegel» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, hukm e’lon qilinganda pensioner ayol qatnashmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter