Bir bola Putindan «Gazprom» va «Rosneft» qimmatbaho qog‘ozlarini sovg‘a qilishni so‘ragandi...
Qirg‘izistonlik 7 yoshli maktab o‘quvchisi Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putindan «Gazprom» va «Rosneft» aksiyalaridan sovg‘a qilishini so‘ragandi, yozmoqda «Argumenti.ru».
Kreml ko‘p kuttirmay bolakayga Tula pryaniklarini sovg‘a qilib jo‘natibdi. Qolaversa, prezident dastxati tushirilgan portret bilan termokrujkani ham.
Voqea ijtimoiy tarmoqlarda hazilga aylanib ketdi: «Maktab o‘quvchisiga pryanik, qolgan xalqqa ...», xullas, rus xalq maqoli yangicha talqinda. Runetdagi ko‘pchilik qaror to‘g‘riligiga pisanda qilgan: bola boshidan tilanib o‘rganmasin, qolaversa, o‘zga mamlakat fuqarosi ekan...
Neft va gaz esa, konstitutsiyada yozib qo‘yilganidek va bir reklamada bot-bot takrorlanganidek, rus xalqining mulki...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter