Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh arab davlati Isroilga talab qo‘ydi

Besh arab davlati Isroilga talab qo‘ydi

Fors ko‘rfazining olti davlati tashqi ishlar vazirlari Ar-Riyodda o‘tkazilgan mintaqaviy vazirlar kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, arab davlatlari Isroilning Falastinning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi.

«Vazirlar Kengashi Isroilning G‘azo sektoridagi tajovuzining davom etishi va falastinlik tinch aholining o‘ldirilishi hamda ularning majburiy ko‘chirilishini qoralaydi... Isroil zudlik bilan doimiy ravishda o‘t ochishni to‘xtatishi va harbiy amaliyotlarini yakunlashi, G‘azo sektoridagi blokadani bekor qilishi talab etiladi», deyiladi dushanba kuni Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi veb-saytida e’lon qilingan deklaratsiyada.

Bundan tashqari, arab monarxiyalarining tashqi ishlar vazirlari Isroilni «doimiy ravishda tinch aholiga hujum qilish va huquqbuzarliklar qilish» uchun javobgar bo‘lib, ularni urush jinoyatlari deb atashgan.

Vazirlar kengashi «Isroilning bunday xatti-harakatlarini o‘zini himoya qilish zarurati bilan oqlashini rad etdi».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring