Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Fors ko‘rfazidagi davlatlarni mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

AQSh Fors ko‘rfazidagi davlatlarni mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

Foto: AP / Alex Brandon

«AQSh Fors ko‘rfazidagi mojaroli vaziyatdan tashvishda va mintaqa davlatlarini uni kuchaytirmaslikka chaqiradi», — deya bayonot berdi davlat kotibi Reks Tillerson. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Seshanba kuni Vashingtonda oliy darajadagi strategik muloqot doirasida Qo‘shma Shtatlar va Qatar tashqi ishlar va mudofaa vazirliklari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tillersonning ta’kidlashicha, muzokaralar yakunida uchta hujjat imzolanishi rejalashtirilmoqda. Ular Har yili muloqot o‘tkazish uchun o‘zaro tushunish memorandumi, O‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya va Odam savdosiga qarshi kurashda hamkorlik qilish uchun o‘zaro anglashuv memorandumi.

«Fors ko‘rfazidagi kelishmovchiliklar boshlanganiga hademay sakkiz oy bo‘ladi va AQSh hamon bundan tashvishlanmoqda. Ushbu kelishmovchiliklar mintaqa davlatlari va AQSh uchun ham iqtisodiy, ham harbiy jihatdan salbiy oqibatlarga olib keladi. Biz bunday tarang vaziyatdan xavotirdamiz. Mintaqa davlatlari mojaroga yechim topish uchun o‘zaro qarama-qarshilikni imkoni boricha kamaytirishlari lozim», — deya ta’kidladi AQSh davlat kotibi qatarlik hamkasblari bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring