Berdimuhamedov Orol dengizi bo‘yicha milliy dasturga imzo chekdi
Turkmanistonda 2021-2025-yillarda Orol dengizi bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi. Tegishli farmonni prezident Gurbanguli Berdimuhamedov imzoladi, deb xabar beradi Turkmenportal.
Hujjat «Orol dengizi mintaqasidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyatni yaxshilash, uning salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida» imzolangan.
Farmonga muvofiq mamlakatda Turkmanistonning Orol dengizi bo‘yicha 2021–2025- yillarga mo‘ljallangan milliy dasturini ishlab chiqish va uning bajarilishini nazorat qilish uchun Idoralararo komissiya tuzilgan. Shuningdek hujjatda 2021–2025-yillarda Turkmanistonning Orol dengizi bo‘yicha milliy dasturining konsepsiyasi, yuqorida qayd etilgan idoralararo komissiyaning tarkibi va u to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Hujjatga muvofiq, Orol viloyati Unda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, suv resurslaridan foydalanishni takomillashtirish, o‘rmon ho‘jaliklarini tashkil etish, bioxilma-xillikni muhofaza qilish kabi vazifalar qamrab olingan.
Davlat rahbari ushbu yo‘nalishda qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun jahon hamjamiyatining ko‘magi, yaxlit xalqaro yondashuv, Birlashgan Millatlar Tashkilotining bu ishda faol ishtirok etishi zarurligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter