Benzin narxi eng arzon va qimmat bo‘lgan mamlakatlar e’lon qilindi

Jahonda bir litr benzinning o‘rtacha narxi 1.36 dollar. Venesuelada dunyodagi eng arzon benzin mavjud – 2,2 sent. Liviya (3 sent) va Eron (5,3 sent) yetakchi uch mamlakat qatoridan joy olgan.
Portal ma’lumotlariga ko‘ra, yon qo‘shnimiz Turkmaniston 95 oktanli benzin bo‘yicha reytingda yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Ushbu mamlakatda mazkur markadagi bir litr benzin 0,428 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Eng qimmat benzin Xitoyning maxsus ma’muriy tumani bo‘lgan Gonkongda. U yerda bir litr benzin 2,981 dollar turadi. Zimbabveda bir litri 2,520 $, Islandiyada esa $ 2,289.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter