Erkak sun’iy intellekt bilan suhbatdan so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Belgiyalik erkak Eliza ismli chatbot (sun’iy intellekt) bilan muloqotdan so‘ng o‘z joniga qasd qildi.
Bu haqda L’Avenir nashri xabar bermoqda.
Erkakning rafiqasi o‘z joniga qasd qilganidan so‘ng erining chatbot bilan yozishmalarini topgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, erkak global iqlim o‘zgarishi sababli yuz berishi mumkin bo‘lgan falokatdan qo‘rqib, sun’iy intellektga bu haqida gapirgan.
Belgiyalik o‘z joniga qasd qilishidan bir necha kun oldin sun’iy intellektga niyati haqida yozgan.
Eliza «u bilan doimo qolishini» ma’lum qilgan.
Avvalroq sun’iy intellekt jahonda 300 milliondan oshiq ish o‘rinlarini yo‘q qilishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter