Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiya malikasi Londonda hibsga olindi

Belgiya malikasi Londonda hibsga olindi

Foto: «Dhnet.be»

Belgiyaning 62 yashar malikasi Mariya Esmeralda Angliya kuch ishlatar tizimlari tomonidan hibsga olindi. Malika Londondagi Trafalgar maydonida ekofaollar o‘tkazgan o‘troq ish tashlashda qatnashgan ekan...

Yuqori martabali shaxslar «nozik» ishlarga aralashib qolsa, odatda, izlarni yo‘qotishga urinishadi. Malika esa bo‘lib o‘tgan voqea xususida «Twitter»da o‘zi yozuv qoldirdi.

Qirollik oilasi vakilasi iqlim o‘zgarishlariga nisbatan harakatsizlikka nisbatan noroziligini butun dunyo bo‘ylab namoyish etayotgan «Extinction Rebellion» ekoharkatini qo‘llab-quvvatlash uchun Londonga kelgandi.

«Bugun ko‘plab namoyishchilar qatori meni ham ushlab ketishdi va hibsda saqlab turishdi. Iqlim bilan bog‘liq favqulodda holat barchamizdan hukumatlar fursatni boy bermay ishga kirishishi uchun ularga bosim o‘tkazishni talab etmoqda», — dedi Belgiya malikasi tvitterda.

«The Telegraph» yozishicha, Esmeraldani politsiya furgoniga olib ketishgan, bu yerda u o‘ziga kabi qo‘lga olinganlar bilan birga 5 soat ushlab turilgan. Keyin hech qanday ayblov e’lon qilmay, qo‘yib yuborishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring