Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarusda norozilik namoyishlari davom etyapti, hukumat internetni bloklamoqda

Belarusda norozilik namoyishlari davom etyapti, hukumat internetni bloklamoqda

Skrinshot

Belarusning ko‘plab shaharlarida kecha, 19-iyun kuni minglab odamlar markaziy ko‘chalarga norozilik namoyishlariga chiqishdi. Ular siyosiy faollar, xususan, prezidentlikka nomzodlar — Sergey Tixanovskiy, Viktor Babariko, Nikolay Statkevich va boshqalarning hibsga olinganidan norozilik bildirishmoqda.

Poytaxt Minskda siyosiy mahbuslar bilan birdamlik aksiyasi yetti soat davom etgan.

Bugun ham odamlar Minsk ko‘chalariga to‘planishdi. «Xartiya 97» portali xabar berishicha, Minskning ko‘plab tumanlari va Belarus shaharlarida hukumat internetni bloklashga tushgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring