Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Xitoyga tashrif buyurdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat tashrif bilan Xitoyga keldi. Bu haqda BelTA xabar bermoqda.
Belarus rahbarini Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ma Chjaosyuy va Xitoyning Belarusdagi elchisi Se Syaoyun kutib olgan.
Muzokaralar yakunida tomonlar muhim yo‘nalishlar bo‘yicha munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar paketini imzolashi rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, tashrif 2 martga qadar davom etadi.
Mutaxassislarning fikricha, asosiy e’tibor sanksiyalar ostidagi savdo masalalariga qaratiladi.
Minsk, Xitoyga o‘g‘it yetkazib berish hajmini oshirishga umid qilmoqda.
Pekin esa, o‘z navbatida, Xitoy tovarlari temir yo‘l orqali Yevropaga o‘tadigan Belarus-Polsha chegarasidagi vaziyatdan xavotirda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter