Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Ukraina va Isroilga bir necha milliardlik yordam paketini imzoladi

Bayden Ukraina va Isroilga bir necha milliardlik yordam paketini imzoladi

AQSh prezidenti Jo Bayden umumiy qiymati 95 milliard dollarlik yordam paketini imzoladi. Unga ko‘ra, Ukrainaga 61 milliard dollar va Isroilga 26 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ko‘rsatiladi. Qolgan qismi Tayvanga ajratiladi.

«Bugun bir necha soat ichida biz Ukrainaga qurol va jihozlar, havo hujumidan mudofaa o‘q-dorilari va zirhli transport vositalarini jo‘natishni boshlaymiz», —dedi Bayden.

Ukrainaga yuboriladigan qurollar AQShda ishlab chiqarilgan.

G‘azo sektoridagi hujumlarda minglab falastinlik tinch aholining o‘limiga sabab bo‘lgan Isroilni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirgani uchun tanqid qilingan AQSh ma’muriyati paket doirasida Isroilga jami 26 milliard dollarlik yangi yordam beradi.

Bayden Isroilga yangi yordam paketini «Tel-Avivni Tehrondan himoya qilish» deb oqladi.

Avvalroq AQSh Senati Ukraina, Isroil va Tayvanga moliyaviy yordam paketini ma’qullagani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring