Bayden Uchinchi jahon urushi boshlanishiga nima sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi
![Bayden Uchinchi jahon urushi boshlanishiga nima sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/1/720_460_95_1157616240.jpg)
AQSh prezidenti Jo Bayden Finlyandiya prezidenti sauli Niinistyo bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumani chog‘ida Ukrainaning Rossiya urushi fonida NATOga kirishi uchinchi jahon urushining boshlanishini anglatishini aytdi.
Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
«Urush harakatlari davomida NATOga hech kim qo‘shilmaydi: NATOga a’zo davlatga hujum uchinchi jahon urushini anglatadi. Gap ularning a’zo bo‘lish-qo‘shmasligida emas, qachon NATOga a’zo bo‘lishida», — dedi Amerika yetakchisi.
Bundan oldin AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham Ukraina urush tugagandan so‘ng Shimoliy Atlantika alyansi tarkibiga kirishi mumkinligini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter