Bayden Si va Putinni qiyosladi
AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z ilk matbuot anjumanida Rossiya va Xitoy davlat rahbarlarini o‘zaro qiyoslab o‘tdi. Uning aytishicha, Xitoy yetakchisi Si Szinpin «juda va juda» to‘g‘ri odam.
Baydenning jurnalistlar savollariga javoblari stenogrammasi Oq uy saytida e’lon qilindi.
«Unda demokratiyaning «d» harfi ham yo‘q. Biroq u aqlli, aqlli yigit. U ham xuddi Putin kabi avtokratiya — bo‘lg‘usi trend deb o‘ylaydiganlar sirasidan», — dedi Bayden Si Szinpinga to‘xtalarkan.
Baydenning nazarida, XXR rahbari demokratiyani murakkab dunyoda ishlashga layoqatli siyosiy tizim hisoblamaydi. Si mutlaq aksildemokrat, biroq judayam aqlli inson, dedi AQSh prezidenti.
AQSh rahbari Si Szinpin bilan Obama davrida vitse-prezident bo‘lgan chog‘i tanishganini ma’lum qilib o‘tdi. Obamaning tashabbusi bilan Bayden va Si Szinpin yuzma-yuz o‘tirib, tilmoch orqali uzoq vaqt suhbatlashishgan.
Baydenning aytishicha, uning inauguratsisidan so‘ng Si Szinpin bilan telefonda ikki soat muloqot qilishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter