Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden Si Szinpin bilan «qattiq» gaplashib olmoqchi

Bayden Si Szinpin bilan «qattiq» gaplashib olmoqchi

AQSh va Xitoy rahbarlari noyabr o‘rtalarida uchrashadi. Oq uy Pekinning Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolardagi rolini muhokama qilishga tayyorlanmoqda.

AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy rahbari Si Szinpin bilan ikki tomonlama munosabatlardagi muhim masalalar, jumladan Pekinning Tehron bilan aloqalari va Ukrainadagi mojarodagi roli yuzasidan «qattiq suhbatlar» o‘tkazish niyatida. Bu haqda Politico amerikalik yuqori martabali amaldorlarga tayanib yozadi.

Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Bayden Xitoy tomonini Eron «Yaqin Sharqda zo‘ravonlikni kuchaytirishga intilmasligi» uchun unga ta’sir o‘tkazishga ishontirmoqchi.

Bayden va Si o‘rtasidagi uchrashuv 11-17 noyabr kunlari San-Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi.

Bu ikki prezidentning ushbu yildagi birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ladi. Oq uy «keng ko‘lamli uchrashuv» o‘tkazishni rejalashtirgan va bir qator masalalar bo‘yicha kelishmovchiliklarga qaramay, Pekin bilan munosabatlarni barqarorlashtirishga umid qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring