Bayden insoniyat uchun eng katta tahdidni aytdi
AQSh prezidenti Jo Bayden global isish insoniyat uchun yagona haqiqiy tahdid bo‘lib qolayotganini aytdi. Uning so‘zlarini RIA «Novosti» keltirmoqda.
«Insoniyat oldida turgan yagona katta tahdid, bu hatto yadroviy urushdan ham battar, kelgusida 20 yoki 10 yil ichida global isishning 1,5 darajaga yetishidir», dedi u.
Uning ta’kidlashicha, Yerdagi global isish masalasida «orqaga burilish» yo‘q.
Avvalroq, BMT ham global isish masalasida xavotirli bayonot bergandi. Unga ko‘ra, global isish bo‘yicha «vaziyat izdan chiqib ketmoqda».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter