Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bashar Asad Janubiy Osetiyaga boradi

Bashar Asad Janubiy Osetiyaga boradi

Foto: «Gazeta.ru»

Janubiy Osetiya rahbari Anatoliy Bibilov Suriya prezidenti Bashar Asadning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.

Mamlakat prezidenti Anatoliy Bibilov Sxinval shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Asadning tashrifi to‘g‘risidagi savolga «Tashrif kutilyapti», deya javob bergan.

Uning ta’kidlashicha, Asadning Janubiy Osetiyaga tashrifi muddati OAV vositalarida yoritiladi.

Bashar Asad va Anatoliy Bibilov shu yil iyul oyida Damashqdagi uchrashuvida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolagan edi.

Shuningdek, Suriya Janubiy Osetiya delegatsiyasining Damashqqa tashrifi chog‘ida ikki tomonlama diplomatik aloqalarni o‘rnatgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring