Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bangladeshdagi omborda 25 kishi tiriklayin yonib ketdi

Bangladeshdagi omborda 25 kishi tiriklayin yonib ketdi

Bangladeshning Chittagong portidagi omborni qamrab olgan kuchli yong‘in oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash departamenti boshlig‘i Hasan Shahriyor ma’lum qildi.

5 iyunga o‘tar kechasi yong‘indan keyin omborxonada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Jabrlanganlarning umumiy soni 400 kishidan oshdi.

Hasan Shahriyorning aytishicha, halok bo‘lganlarning besh nafari o‘t o‘chiruvchilardir. Amaldorning aytishicha, yaqin vaqtlar ichida qurbonlar soni ko‘payishi mumkin. Xabarga ko‘ra, omborda kimyoviy moddalar ham saqlangan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring