Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bangladesh ayollarni zo‘rlaganlarni qatl etmoqchi

Bangladesh ayollarni zo‘rlaganlarni qatl etmoqchi

Foto: «BBC News»

Bangladesh hukumati qonunni o‘zgartirib, zo‘ravonlarni qatl etadi. Mamlakat rahbariyati jinsiy zo‘ravonlik tufayli bir necha kun davom etgan ommaviy namoyishlardan so‘ng shunday qarorga keldi. Bu haqda 12-oktyabr kuni «BBC News» xabar berdi.

Namoyishlar o‘tgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolga nisbatan zo‘ravonlik aks etgan video tarqalib ketgandan so‘ng boshlandi. Faollarning ta’kidlashicha, oxirgi bir yil davomida mamlakatda taxminan 5,4 mingta zo‘rlash holati qayd etildi. Biroq jinoyatchilar ko‘pincha jazodan qutulib qolishadi: jabrlanuvchilar or-nomusni deb politsiyaga murojaat qilishdan qo‘rqishadi.

Videoga muhrlangan jinoyatchilar qo‘lga olingan. Bundan oldin mamlakatda hukmron partiyaning talabalar qanoti a’zolari ishtirokidagi zo‘rlash Bangladeshda shov-shuv bo‘lgandi.

Minglab odamlar «Zo‘rlaganlarga rahm-shafqat qilmang» va «Zo‘rlaganlar osilsin» shiorlari bilan namoyishga chiqishdi. Hatto, maydonlardan biriga ishtirokchilar dor maketini o‘rnatib qo‘yishdi.

Hokimiyat xalqni tingladi: hukumat jinsiy zo‘ravonlik ishlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qonunlarga o‘zgartirish kiritishi, mamlakat prezidenti seshanba kuni ularni imzolashi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring