Bangida jangarilar va savdogarlar o‘rtasida to‘qnashuv oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
Markaziy Afrika Respublikasi (MAR) poytaxti Bangi shahrida to‘qnashuv natijasida 30 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar berdi «Frans Press» agentligi.
To‘qnashuv chorshanba va payshanba kunlari «PK5» kvartalida jangarilar va savdogarlar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
— Masjidga 30 kishining mayitini keltirishdi, — deydi mahalliy masjid imomi Avad al-Karima.
Uning aytishicha, to‘qnashuv savdogarlarning kvartalni nazorat qiluvchi qurolli jangarilarning nohaq yig‘imlariga qarshi chiqishi natijasida kelib chiqqan.
Fuqarolik mudofaa xizmati rahbari polkovnik Patrik Bidilu Niabodning so‘zlariga ko‘ra, kvartalda 40 — 50 ta do‘kon va bir nechta uyga o‘t qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter