Bag‘dodga hukumat qo‘shini kiritildi
Iroq parlamenti shia faollari tomonidan egallab olinganidan so‘ng, poytaxt Bag‘dodga hukumat qo‘shini kiritildi. Mamlakat mudofaa vaziri armiya xalq xizmatida ekaninini ta’kidlab, siyosatga aralashmasligini bildirdi, deb xabar berdi Al-Hadath telekanali.
Mudofa vazirligi harbiylarning vazifasi xavfsizlikni ta’minlash, namoyishchilarni hamda davlat va xususiy mulk ob’yektlarini himoya qilishdan iboratligini ma’lum qilgan.
O‘z navbatida, bosh vazir Mustafo al-Kozimiy devonxonasi namoyishchilarga qarshi nafaqat jangovar o‘qlar, balki rezina o‘qlar va tutunli shashkalar ham ishlatilmasligi shartligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, hafta davomida ikkinchi marta mamlakat parlamenti yangi bosh vazirga qarshi namoyishchilar tomonidan egallab olingan. Ularni chiqarib yuborishga politsiyaning kuchi yetmayapti.
Mahalliy OAV ko‘plab oliy amaldorlar mamlakatni tark etgani haqida yozmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter