Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayollar xurragining onkologiyaga aloqasi bormi?

Ayollar xurragining onkologiyaga aloqasi bormi?

Foto: «Rambler»

Ekspertlar saraton uyqu vaqtida apnoedan qiynaladigan ayollarda erkaklarga nisbatan ko‘proq qayd etiladi, degan xulosaga kelishdi.

Grek olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, ayollar xurragi onkologiyaga ishora qilishi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi «Rambler».

Mutaxassislar uyqu vaqtida apnoedan qiynaluvchi kishilarga tegishli ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Unda 18 yoshdan oshgan o‘n minglab odamlar o‘rganilgan. Ulardan 388 nafariga saraton tashxisi qo‘yilgan. Ustiga-ustak, bu ko‘rsatkich ayollarda — 2,8, erkaklarda — 1,7 foizni tashkil etgan.

Tahlildan so‘ng olimlar uyqu vaqtida obstruktiv apnoedan qiynalayotgan ayollar orasida saraton kasalliklari xavfi ortadi, degan xulosaga kelishdi. Shuningdek, xurrak yurak-qon tomir tizimi muammolariga ishora qiladi — ehtimol, uni chaqirar ham.

Bundan tashqari, ekspertlar xurrakning zararli odatlar bilan bog‘liqligini o‘rganib chiqishdi. Ular orasida chekish eng zararlisi ekan.

Ayollar ham erkaklar kabi qattiq xurrak otishadi. 36,5 foiz xurrak otuvchi go‘zal jins vakilalari buni tan olishni istashmaydi. Erkaklar orasida esa bunday toifadagilar 11,7 foizni tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring