Avtobus va yuk mashinasining to‘qnashishi 18 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Xitoy poytaxti Pekin shahri janubidagi Xunan viloyatida avtobus bilan yuk mashinasi to‘qnashib ketishi oqibatida 18 kishi halok bo‘lgan, 14 kishi yaralangan. Bu haqda «Hurriyet» xabar berayapti.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda har yili aynan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 260 ming kishi halok bo‘lar ekan.
YTHning aksariyati velosiped va mototsikl haydovchilari bilan piyodalar o‘rtasida kuzatilar ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter