Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstriyada kallakesarlar bilan qo‘rqitgan shahzoda hibsga olindi

Avstriyada kallakesarlar bilan qo‘rqitgan shahzoda hibsga olindi

Foto: «Vip.de»

Avstriyada Gannover shahzodasi Ernst Avgust V xizmatkor ayolga do‘q-po‘pisa qilgani va mol-mulkiga zarar yetkazgani uchun hibsga olindi. Bu haqda «Kronen Zeitung» gazetasi xabar berdi.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari xizmatkor ayolning shikoyatiga ko‘ra Yuqori Avstriya Gannover sulolasining 66 yoshli boshlig‘ining uyiga kelishgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, shahzoda unga va turmush o‘rtog‘iga agar uyning ichida shovqin solmasdan yurmasa, ularnikiga «kallakesarlarni» yuborishini aytib qo‘rqitgan.

Bundan tashqari, Ernst Avgust gersog Kamberlend fondi ob’yektidagi oynalarni sindirib, yo‘l belgisini yulib olgan.

Bu birinchi noxush holat emas. Yaqinda shahzoda politsiya xodimlariga hujum qilgandi. Shundan so‘ng uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring