Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyalik ishchi 5 ming o‘rniga 500 ming dollar maosh oldi

Avstraliyalik ishchi 5 ming o‘rniga 500 ming dollar maosh oldi

Foto: «Haber7.com»

Avstraliyada bir tashkilot xodimi hisobiga 5 ming o‘rniga 500 ming dollar maosh tashlandi, deya xabar beradi «Haber7.com».

Xodim kartochkasiga yanglish tashlangan mablag‘ni tashkilotga qaytarib bergan.

Nomi oshkor qilinmagan tashkilot avval ham 743 nafar xodimning kartochkasiga belgilangan me’yordan ortiqcha maosh tashlagani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu tashkilotda shu yil yanvar oyidan beri 767 ming Avstraliya dollari miqdorida xato shaklda ortiqcha maosh to‘langan. Biroq hanuz mablag‘larlar qaytarilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring