Avstraliyadagi sirli seysmik faollik falokatga aylanishi mumkin
Olimlar Tinch okeanidagi Luayote oroli hududida odatiy bo‘lmagan seysmik faollikni qayd etishdi, deb xabar bermoqda «Planeta novostey» portali.
Kuchliligi 7,9 ballni tashkil etgan asosiy zilziladan so‘ng, kuchi 5 balldan yuqori bo‘lgan bir qator silkinishlar boshlangan.
Bundan tashqari, olimlarning so‘zlariga ko‘ra, suv ostidagi tushunarsiz faollik oralig‘i tobora qisqarib bormoqda.
Mutaxassislarning fikricha, silkinishlar Tinch okeanining Avstraliya plitasi bilan to‘qnashuvi sodir bo‘lgan joyda qayd etiladi. Bundan Avstraliya yaqinida joylashgan Lord-Xau oroli halokatli sunami tahdidi ostida qoladi.
Ayni paytda mutaxassislarning aytishicha, O‘rta Atlantika tizmasi ostida 600 kilometrdan oshiq chuqurlikdan issiq toshlar ko‘tarilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter