Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari bir milliarddan ortiq jonivorni nobud qildi
Avstraliyada davomli o‘rmon yong‘inlari natijasida bir milliarddan ortiq jonivor halok bo‘ldi, deya xabar berdi Sidney universiteti matbuot xizmati.
Professor Kris Dikmanning aniqlashicha, qariyb 800 milliondan ortiq jonivor Yangi Janbuiy Uels shtatidagi yong‘in qurboniga aylangan. Mamlakatda nobud bo‘lgan jonivorlarning umumiy yig‘indisi esa bir milliarddan oshib ketdi.
«RIA Novosti»ning yozishicha, Dikman keltirgan raqamlar Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasining 2007- yilgi yerni tozalash Avstraliya yovvoyi tabiatiga ta’siri to‘g‘risidagi hisobotiga asoslanadi. Bu raqamlardan foydalanar ekan tadqiqot mualliflari Yangi Janubiy Uelsda qushlar, sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilar ko‘payishining o‘rtacha zichlik darajasini belgilashdi. Shundan so‘ng zichlikni o‘simlik maydoniga ko‘paytirishdi.
Tadqiqotni olib borgan olimlar konservativ baholashdan foydalanishgan. Shunga ko‘ra nobud bo‘lgan jonivorlar soni sal ko‘p bo‘lishi mumkin, deyiladi hisobotda.
Avstraliyada tabiiy yong‘inlar natijasida million gektarlab yer maydonlari yonib kul bo‘ldi, alanga so‘nggi oylar ichida 17 kishini hayotdan olib ketdi, minglab uylarni yakson qildi. Ayrim hududlarda yong‘in shu darajada kuchli bo‘lganki, tutuni havodan o‘t o‘chirishga to‘sqinlik qilgan. Hukumat bu hududlarga aviatsiya va harbiy-havo kuchlari kemalarini yubormoqda. Avstraliya janubi-sharqiy sohillarida yong‘in tufayli keng qamrovli evakuatsiya ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter