Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyada rekord darajada jazirama kuzatilmoqda

Avstraliyada rekord darajada jazirama kuzatilmoqda

Avstraliya aholisi rekord darajadagi jaziramadan aziyat chekmoqda. Mamlakatning janubida havo harorati Selsiy bo‘yicha 50 darajaga yetdi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».

Seduna shahrida ikki kundan buyon harorat 48,6 darajani tashkil qilmoqda. Adelaida shtati poytaxtida esa harorat 46,6 darajaga teng. Ushbu ko‘rsatkich shaharni Avstraliyadagi eng issiq poytaxtga aylantirdi. Undan avvalgi rekord 2009 yilda Viktoriya shtati poytaxti Melburnda o‘rnatilgan edi (46,4 daraja).

Avstraliyaga issiq havo o‘tgan haftada kirib kelgan va o‘nlab harorat rekordlari o‘rnatilgan edi. Markaziy va janubiy Avstraliya hukumati jaziramadan aziyat chekkan 2,5 ming yovvoyi tuyani otib tashlashiga ham to‘g‘ri kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring