Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliyada kemadan tushib qolgan 83 ta konteyner suvga g‘arq bo‘ldi

Avstraliyada kemadan tushib qolgan 83 ta konteyner suvga g‘arq bo‘ldi

Foto:«Anadolu»

Avstraliyada kemadan tushib qolgan 83 ta konteyner suvga g‘arq bo‘ldi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Bu konteynerlardagi ashyolar ummondagi jonivorlarga zarar berishi mumkinligi aytilmoqda.

«BBC» xabariga ko‘ra, Avstraliyada kuchli to‘lqin tufayli 123 ta konteyner kemadan tushib qolgan. Ichida tibbiyot jihozlari, operatsiya uskunalari va pampers bo‘lgan konteynerlardan 83 tasi suvga g‘arq bo‘lgan. 40 ta konteyner esa pachoqlangan.

Konteynerlar ichidagi tibbiyot jihozlarini akulalar yutishi mumkinligi mutaxassislarni tashvishga solayapti.

Qidiruv-qutqaruv guruhi Sidney shahri atrofida ish olib borayapti. Biroq ulkan to‘lqinlar ularga xalaqit qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring