Avstraliyada ilonlarning yangi turi kashf etildi

Avstraliyaning Kvislend universiteti biolog olimlari ilonlarning yangi turini kashf qilishdi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
«Dengiz ilonlarini tadqiq etish uchun borgan joyimizda tuproq ostidan bir jonivor chiqib keldi. Uni ko‘rib hayratlandik», – deydi biolog Brian Friy.
Ilon Keyp-York Peninsula shtatining g‘arbiy qirg‘oqlarida topilgan. U xoldor ilonlar kabi yer ostida yashar ekan.
Biologlar ilonning juda noyob ekanini aytishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter