Avstraliyada ikkinchi jahon urushidan qolgan o‘q-dorilar portladi
Avstraliyaning Nyukastl shahrida Ikkinchi jahon urushidan qolgan o‘q-dorilar portlab ketishi oqibatida ikki kishi yaralandi. Bu haqda «Haber7.com» nashri xabar bermoqda.
Yangi Janubiy Galler shtati politsiyasining ma’lum qilishicha, ismi oshkor qilinmagan 37 yoshli kishi 4 yashar qizi bilan «Port Stephens» sohilidan topib olgan o‘q-dorilarni uyiga olib ketgan.
Topilma olib ketilayotgan payti portlab ketgan. Ota va qiz yaralangan.
Jon Hyunter shifoxonasiga olib borilgan ota va qizning ahvoli yaxshi.
O‘q-dorilar topilgan «Port Stephens» sohili Ikkinchi jahon urushi paytida mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan joy bo‘lgan.
Sohil politsiya nazoratchisi Alan Janson aholini yana shunday holat kuzatilmasligi uchun hushyorlikka chaqirgan. Mabodo, qurol-yarog‘ yoki o‘q-dori topib olinsa, ularga qo‘l tekkizmaslik aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter