Avstraliyada havo harorati 50 darajadan oshib ketdi
Avstraliya shimolidagi Onslou shahrida juda yuqori havo harorati rekordi qayd etildi. Bugun, 13 yanvar kuni bu yerda Selsiy bo‘yicha havo +50,7 darajagacha issiq bo‘ldi, deb yozmoqda BBC.
So‘nggi marotaba mamlakatda bunday issiq havo 1962 yilda Janubiy Avstraliya cho‘llarida kuzatilgandi.
Avstraliyalik meteorologlar ayni anomal jaziramani mintaqada yog‘ingarchilik kuzatilmayotgani bilan izohlashdi.
Sinoptiklarga ko‘ra, ertaga, juma kuni havo yanayam qizishi mumkin, shundan so‘ng havo salqinlashishi boshlanadi.
Kecha, 12 yanvar kuni Argentinada havo 45 darajagacha qizib ketgani haqida xabar bergandik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter