Atambayev tarafdorlari ayollar va bolalardan «tirik qalqon» sifatida foydalanishda ayblanmoqda
Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Almazbek Atambayevning qo‘lga olishi operatsiyasida sobiq prezident tarafdorlari ayollar va bolalardan «tirik qalqon» sifatida foydalanishda ayblab chiqdi.
Ta’kidlanishicha, maxsus kuchlar faqat rezina o‘qlardan va shunga o‘xshash vositalardan foydalangan bo‘lsa, Atambayev tarafdorlari jangovar o‘qlar ishlatgani aytilgan.
Milliy xavfsizlik bo‘yicha davlat qo‘mitasi qo‘lga olingan maxsus kuchlar xodimlarini ular kuchli do‘pposlanganlari uchun boshqa xodimlar tashlab kelishgani haqidagi xabarni inkor qildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha tunda Qirg‘iziston respublikasi sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni qo‘lga olish amaliyoti bo‘lib o‘tdi. Ammo maxsus kuchlar tomonidan rejalashtirilgan amaliyot Atambayevning tarafdori bo‘lgan odamlar tomonidan yo‘qqa chiqarilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter