Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orol dengizi yulduzlarni kuzatish uchun dunyodagi eng yaxshi o‘n joydan biri deb topildi

Orol dengizi yulduzlarni kuzatish uchun dunyodagi eng yaxshi o‘n joydan biri deb topildi

Foto: Shutterstock

Buyuk Britaniyaning mashhur «Time out» saytida dunyoning turli burchaklarida sivilizatsiyadan yiroq tabiiy hududlardagi «Stargazing» — yulduzlarni kuzatish uchun top-10 turizm maskanlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Maqolada AQSh, Chili, Yangi Zelandiya, Hindiston davlatlarining turistik ob’yektlari bilan bir qatorda Qoraqalpog‘istonning asosiy ekoturizm ob’yekti bo‘lmish Ustyurt tekisligi va Orol dengizi ham qayd etilgan.

Jumladan, dengizning qurib borishi va ekologik ofat oqibatlari bilan kurashishda ekoturizmning alohida o‘rni, bir necha yillardan beri xorijiy turistlarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan «Besqala» turistik korxonasi hamda Orol dengizi bo‘yidagi o‘tovlar majmuasi haqida so‘z boradi.

Maqola so‘ngida esa muallif o‘z auditoriyasiga Orolbo‘yi hududiga tur buyurtma qilib dengizni borib ko‘rish, o‘tovlar majmuasida bo‘lish va tungi vaqtlarda yulduzlarni kuzatishni taklif etadi.

Ma’lumot o‘rnida, «Time out» nashriyoti 1968-yili o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, bugungi kunda Buyuk Britaniyaning global media mehmondo‘stlik brendi sifatida tanilgan nufuzli nashriyot hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring