Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Astronomlar Neptunning yangi yo‘ldoshini ochishdi

Astronomlar Neptunning yangi yo‘ldoshini ochishdi

Foto: «NASA/Voyager»

AQShning Yer tashqarisidagi sivilizatsiyalarni qidirish instituti (SETI) Neptunning 14-yo‘ldoshi mavjudligini rasman isbotladi. Ushbu tadqiqot tafsilotlari «Nature» jurnalida yoritildi.

— «Habbl» fazoviy teleskopi yettinchi ichki oyni topdi. O‘rtacha radiusi taxminan 17 kilometrlik bu yo‘ldosh qolgan ichki yo‘ldoshlardan kichik, — deyiladi xabarda.

Ushbu yo‘ldoshning mavjudligi haqida ilk dalillar astronomlar tomonidan 2013-yili aniqlangandi. Unga vaqtincha S/2004 N 1 nomi berilib, haqiqatan ham borligini tasdiqlash uchun izlanishlar boshlab yuborildi.

Nihoyat, ko‘plab fotosuratlar va o‘rganishlar asosida sayyoraning mavjudligi rasman tasdiqlandi. Unga Gippokamp (grek. — dengiz otchasi) nomi berildi.

«Dengiz otchasi» bir paytlar eng yirik ichki yo‘ldosh — Proteyga kometa kelib urilishi natijasida ajralib chiqqan bo‘lak bo‘lishi mumkin, degan faraz ilgari surilyapti. Chunki Proteyda xuddi Gippokamp kattaligidagi krater bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring