«AstraZeneca» klinik sinovlarga qaytdi
«AstraZeneca» britan-shved farmatsevtika kompaniyasi ko‘ngillilaridan birida koronavirus aniqlanganidan so‘ng sinovlar to‘xtatilgani haqida xabar bergandik.
AQSh, JAR, Braziliya va Buyuk Britaniyadagi sinovlar to‘xtatilgandi.
«Vesti» xabar berishicha, «AstraZeneca» hamda Oksford universiteti klinik sinovlarga yana qaytdi. Dori vositalari va tibbiy uskunalar nazorati boshqarmasi klinik sinovlar o‘tkazishni xavfsiz deb topdi.
Kompaniya rahbari Paskal Sorio bayonot berishicha, «AstraZeneca» o‘zi ishlab chiqarayotgan vaksina koronavirusdan himoyalay olishiga yil oxirigacha aniqlik kiritishga bel bog‘lagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter