Ashrita Ferman yana Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Turli yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘plab rekordlar o‘rnatgan Ashrita Ferman bu gal yotgan holda shamshir bilan 1 daqiqada qorni ustida 26 ta tarvuzni kesib Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi, deya xabar beradi «Hurriyet.com» internet nashri.
Ferman avval do‘stining qornida tarvuz kesib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan edi.
Ferman so‘nggi 35 yil mobaynida turli yo‘nalishlarda rekord o‘rnatib, 750 marta Ginnesning rekordlar kitobiga otini yozdirib qo‘ygan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter