Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ashraf G‘ani mamlakat vazirlari iste’folarini qabul qilmadi

Ashraf G‘ani mamlakat vazirlari iste’folarini qabul qilmadi

Foto: «RIA Novosti»

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Mudofaa, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘ining iste’folarini qabul qilmadi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Avvalroq «Reuters» agentligi hukumat manbasiga tayanib, mudofaa va ichki ishlar vazirlari hamda milliy xavfsizlik xizmatining ikki nafar yuqori lavozimli mulozimlari iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, iste’foga chiqqanlar orasida mudofaa vaziri Toriq Shoh Bahromiy, ichki ishlar vaziri Vois Ahmad Barmoq va milliy xavfsizlik boshqarmasi raisi Ma’sum Stanekzay ham bor ekan.

«Afg‘oniston prezidenti mudofaa, ichki ishlar hamda milliy xavfsizlik boshqarmasi rahbarlarining iste’fosini qabul qilmadi va ularga faoliyatlarida davom etishni buyurdi», – deb yozadi agentlik.

Avvalroq «Tolo news» telekanali Afg‘oniston prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi  Muhammad Hanif Atmar 25 avgust kuni siyosiy kelishmovchiliklar tufayli iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edi. Keyinroq uning o‘rniga shu paytgacha Afg‘onistonning AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi Hamidulla Muhib tayinlangani ma’lum qilingan edi.

Atmar 2014 yildan beri Ashraf G‘anining yaqin yordamchisi edi. U Hamid Karzay prezidentiligi davrida Afg‘oniston ichki ishlar vaziri bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring