Asad rejimi 6 oyda 2908 ta barrel bomba ishlatdi
Asad rejimi Suriyada 6 oy mobaynida 2908 ta barrel (bochka shaklidagi) bomba ishlatgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Suriya inson huquqlari tarmog‘i (SNHR) Asad rejimi shu yil yanvar-iyun oylarida muxoliflarning qo‘l ostidagi hududlarga barrel bomba ishlatgani haqidagi hisobotni taqdim etdi.
Hisobotda shu yilning birinchi yarmida portlatilgan 2809 ta bomba tufayli jami 169 kishi halok bo‘lgani qayd etilgan.
Shuningdek, bombali hujumlarda 9 ta masjid hamda 18 ta tibbiyot muassasasi, jami 32 ta ijtimoiy ob’yekt yo‘q qilingan.
Rejim kuchlari shu yil yanvar oyida 427 ta, fevralda 407 ta, martda 793 ta, aprelda 761 ta, mayda 93 ta, iyunda 427 ta barrel bomba ishlatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter