Asad Putinga :«Suriyaliklar o‘z uylariga qaytmoqda»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha Sochi shahrida Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Uchrashuvdan so‘ng ikkala yetakchi brifing uyushtirib, Suriyada yangi davrda siyosiy muloqot va mamlakatni qayta qurish ustuvor vazifa ekanini e’lon qildi.
«Suriya qo‘shini so‘nggi paytlarda terrorizmga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bormoqda. Suriyaning eng muhim hududlarida terrorchilarni qurolini tashlashga majbur qildi», – degan Vladimir Putin.
Rossiya prezidentining aytishicha, bu muvaffaqiyatlar Suriyani qayta qurishga imkon tug‘dirar ekan. Ostona va Sochi sammiti natijalaridan siyosiy yechim topilishiga umid uyg‘ongan.
Bashar Asad esa: «Avvalgi uchrashuvlarimiz bilan bugungisi o‘rtasida muhim ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Dastavval xalqaro terrorizmga qarshi Rossiya bilan birgalikda kurashamiz. Suriyada terrorchilar qo‘l ostidagi hududlar olib qo‘yilmoqda. Suriyaliklar o‘z uylariga qaytayapti», – dedi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter