Arxeologlar «sirli» qotillik qurbonini topishdi
Buyuk Britaniyada arxeologlar ikki ming yil muqaddam yashagan va «sirli» qotillik qurboni bo‘lgan odam qoldiqlarini topishdi. Bu haqda «The Daily Mail» xabar berdi.
Mutaxassislar Uendover (Bakingemshir grafligi) shahri yaqinidagi Uellvik fermasidan katta yoshli odamning skeletini topishdi. U qo‘llari bog‘liq holda xandaqqa yuztuban ko‘milgan.
Arxeologlarning so‘zlariga ko‘ra, qurbonning yoshi hali aniq emas. Lekin ekspertlarning fikricha, odam qoldiqlari kamida ikki ming yillik tarixga ega.
«Uellvik fermasida odamning o‘limi biz uchun jumboq bo‘lib qolmoqda, lekin xandaq ichida qo‘llari bog‘liq holda yuztuban yotishning sabablari unchalik ko‘p emas», — deya ta’kidladi loyiha arxeologi, doktor Reychel Vud.
Odam qoldiqlari HS2 magistrali quriladigan hududda olib borilayotgan arxeologik qazishma ishlari paytida topilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter