Arman parlamentida janjal: deputat jarohat olib shifoxonaga tushdi
Armaniston parlamentida muxolifat vakili va hukmron partiya o‘rtasida mushtlashuv bo‘lib o‘tdi.
Bu haqda «Sputnik Armaniston xabar bermoqda.
Hukmron fraksiya rahbari Ayk Konjoryanning so‘zlariga ko‘ra, mushtlashuv «Armaniston» fraksiyasi deputati Mger Saakyan va «Fuqarolik shartnomasi» fraksiyasidan davlat-huquqiy masalalar bo‘yicha komissiya raisi Vladimir Vardanyan o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Parlamentning davlat-huquqiy masalalar bo‘yicha komissiyasining yopiq majlisida Saakyan Vardanyanga hujum qilib, unga tan jarohatlari yetkazgan.
Natijasida Vardanyan shifoxonaga yetkazilgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Shu bilan birga, muxolifat partiyasi ziddiyatni Vardanyanning o‘zi qo‘zg‘atganini da’vo qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter