Farengeyt bo‘yicha +94,6 daraja. Arktikada harorat rekordi yangilandi
Shvetsiya Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy ma’muriyati (NOAA) Arktikada havo harorati rekord darajada oshganini ma’lum qildi.
Rekord harorat (Selsiy bo‘yicha +34,8 daraja yoki Farengeyt bo‘yicha +94,6 daraja) 26-iyul kuni Shvetsiyaning qutb doirasi janubidagi Markusvins forpostida qayd etildi. Iqlimshunos Dik Arndt ta’kidlashicha, bu ma’lumotlar Shvetsiya meteorologiya instituti tomonidan tekshirilib, tahlil qilingan.
Shimoliy Muz okeani muzliklari 19,8 foizga qisqardi, bu «eng issiq rekordlar» qayd etilgan 2012 va 2015-yillardagidan ham ko‘p.
Shved iqlimshunoslari fikricha, 2019-yil kuzatuvlar tarixida issiqligi bo‘yicha faqat 2016-yildan ortda qolishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter