Arktikada harorat rekordi qayd etildi
Verxoyansk shahri (Yoqutiston, Rossiya)da 2020-yilning 20-iyunida Arktikadagi eng yuqori issiq harorat rekordi o‘rnatilgan, termometrlar +38 darajani ko‘rsatgandi. Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) ushbu ma’lumotni ekstremal meteorologik va iqlim hodisalari ma’lumotlar arxiviga kiritdi.
Tashkilot saytida ta’kidlanishicha, so‘nggi ikki yil anomal jazirama kuzatilgan joy faqat Arktika emas. Kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori harorat Janubiy qutb — Antarktida (+18,3 daraja), Yevropa, umuman olganda, butun dunyo miqyosida qayd etilgan.
2020-yil yozida Sibir qutborti hududida harorat me’yordagidan taxminan o‘n daraja yuqori bo‘lib, oqibatda ko‘plab o‘rmon yong‘inlari yuzaga kelgan, Arktika muzliklarining erish jarayoni tezlashgan.
Mavzuga doir: «O‘lim vodiysi»dagi jazirama: olimlar bunaqa issiqlar oddiy holga aylanib qolishini aytishmoqda (video)
Ayni paytda ekspertlar 2020 va 2021-yillarda dunyodagi eng issiq hudud — Kaliforniyadagi «O‘lim vodiysi»da kuzatilgan +54,4 daraja issiq harorat ko‘rsatkichlarini o‘rganishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter