Arab koalitsiyasi Yaman poytaxti aeroportiga hujum qildi
Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi havo kuchlari Yaman poytaxti Sana shahridagi aeroportga zarbalar berdi. Bu haqda «Al-Arabiya»ga asoslanib «Life» xabar berdi.
Shuningdek, aeroportdan uncha uzoq bo‘lmagan harbiy aviabaza ham havodan o‘qqa tutilgan.
«Al-Masira» telekanali xabar berishicha, jami 10 dan ziyod ob’yekt nishonga olingan. Qancha zarar yetkazilgani va qurbonlar haqida hozircha xabar berilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter